Asosiy qismga o'tishMafia Town
Telegramdagi onlayn mafiya o'yini

Do'stlaringiz orasida mafiya kim?

Mafia Town - Telegram ichida va brauzerda o'ynaladigan mafiya o'yini. Xona oching, do'stlarni chaqiring, maxfiy rolingizni oling - tunda harakat qiling, kunduzi bahslashing va ovoz bering.

Bepul. Yuklab olish va ro'yxatdan o'tish shart emas - Telegram akkauntingiz bilan kirasiz.

  • 6-30 o'yinchi
  • 19 rol
  • Ovozli xonalar
  • O'zbek va rus tilida
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Muhokama: chat, ovozli xabar va emote'lar
rol
19
o'yinchilik xona
6-30
daraja
100
tekin kosmetika
209
tekin ovozli emote
12
platforma: Telegram, mobil, kompyuter
3
Haqiqiy skrinshotlar

Telegramda, telefonda va kompyuterda

Bitta akkaunt - hamma joyda bir xil progress. Telegram Mini App'da o'ynang yoki brauzerda play.mafia-town.idroktech.uz ni oching.

Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Bosh sahifa: xona ochish, kod bilan kirish, kunlik mukofot
Bosh sahifa: xona ochish, kod bilan kirish, kunlik mukofot
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Rol: maxfiy rolingiz va vazifangiz
Rol: maxfiy rolingiz va vazifangiz
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Tong: tunda kim o'ldi, rollar va vasiyatlar
Tong: tunda kim o'ldi, rollar va vasiyatlar
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Muhokama: chat, ovozli xabar va emote'lar
Muhokama: chat, ovozli xabar va emote'lar
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Ovoz berish: shubhalini nomzod qilish
Ovoz berish: shubhalini nomzod qilish
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - O'lgandan keyin: vasiyat va o'liklar chati
O'lgandan keyin: vasiyat va o'liklar chati
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Natija: g'oliblar, rollar va olingan XP
Natija: g'oliblar, rollar va olingan XP
Mafia Townmini app•••
Mafia Town skrinshoti - Profil: daraja, statistika va vazifalar
Profil: daraja, statistika va vazifalar
Boshlash

4 qadamda o'yinga

O'rnatish, ro'yxatdan o'tish yoki moderator kerak emas - o'yinni server o'zi boshqaradi.

  1. 1

    Oching

    Telegramda @MafiaTownGameBot ni oching yoki brauzerda Telegram orqali kiring.

  2. 2

    Xonaga kiring

    Ochiq xonaga qo'shiling, 6 belgili kod bilan do'stlaringiz xonasiga kiring yoki o'zingiz xona oching.

  3. 3

    Rolingizni oling

    O'yin boshida har kimga maxfiy rol tushadi. Uni faqat siz bilasiz.

  4. 4

    Fosh qiling

    Tunda rolingiz harakatini qiling, kunduzi bahslashing va shubhalini ovoz bilan chiqaring.

O'yin ritmi

Tun va kun - har bosqichning o'z vaqti

Bitta raund taxminan 3,5 daqiqa. O'yin odatda 3-6 raundda tugaydi (taxminan 10-20 daqiqa); 15 raunddan keyin g'olib bo'lmasa - durrang.

  1. Rol ochilishi

    o'yin boshida bir marta15 soniya

    Maxfiy rolingiz va vazifangiz ko'rsatiladi. Mafiya o'z sheriklarini taniydi.

  2. Tanishuv

    o'yin boshida bir marta60 soniya

    Salomlashish va birinchi taassurot. Hali hech kim o'lmagan, ovoz berilmaydi.

  3. Tun

    har raundda45 soniya

    Mafiya qurbon tanlaydi, Doktor saqlaydi, Komissar tekshiradi. Mafiyaning o'z yopiq chati bor. Hamma harakat qilsa - tun erta tugaydi.

  4. Tong

    har raundda10 soniya

    Kechasi kim o'lgani va uning roli e'lon qilinadi.

  5. Muhokama

    har raundda90 soniya

    Chat, ovozli xabar va ovozli emote'lar. Mer shu payt o'zini tanitishi mumkin.

  6. Ovoz berish

    har raundda25 soniya

    Eng ko'p ovoz olgan bitta o'yinchi nomzod bo'ladi. Ovozlar teng bo'lsa - hech kim.

  7. Tasdiq

    har raundda20 soniya

    Hamma yoki bosadi. ko'p bo'lsagina nomzod osiladi.

  8. Qatl

    har raundda15 soniya

    Osilgan o'yinchi oxirgi so'zini aytadi, roli ochiladi. Keyin g'olib tekshiriladi.

Gumondorlar

19 rol - 3 tomon

Har o'yinda tarkib o'yinchilar soniga qarab tuziladi: Doktor va Komissar har doim bor, neytrallar 8 kishidan boshlab tushadi.

Neytral

3 ta rol

O'z yo'li bilan o'ynaydi: Manyak yolg'iz qolishni, Suidsid osilishni, Omon qolgan tirik qolishni xohlaydi.

Xonalar

Do'stlar bilan o'z xonangiz

Har o'yin - xonada. Ochiq xonaga qo'shiling yoki kodli xona ochib, faqat do'stlaringizni chaqiring.

  • 6 dan 30 gacha o'yinchi - hajmini xona egasi tanlaydi
  • Ochiq xona - ro'yxatda hammaga ko'rinadi; yopiq xona - 6 belgili kod bilan
  • Do'stlarga bir bosishda taklif yuborasiz yoki xona havolasini ulashasiz
  • Odam yetmasa - xona egasi bo'sh joylarni botlar bilan to'ldiradi
  • Xona to'lsa o'yin o'zi boshlanadi; egasi 6 kishidan boshlab erta boshlashi mumkin
  • Lobby chatida hamma yig'ilguncha gaplashib turasiz

Ovozli xonalar

Gapirib o'ynash - tekin. Ovozli xonada uchta kanal bor:

  • Kunduzgi kanal - tanishuv va muhokamada tiriklar gapiradi, qatlda faqat hukm qilingan
  • Mafiya kanali - tunda faqat mafiya o'zaro gaplashadi
  • O'liklar kanali - o'lganlar o'zaro gaplashadi, tiriklar eshitmaydi

Matnli xonalarda ham 30 soniyagacha ovozli xabar yuborish mumkin. Jimlantiruvchining nishoni ertasiga gapira olmaydi.

Botlar

Odam yetmasami? Botlar to'ldiradi

Botlar sun'iy intellekt emas - ular aniq qoidalar asosida o'ynaydi va faqat o'zi ko'rgan narsani biladi.

3 qiyinlik darajasi

Oson, O'rta yoki Qiyin - xona ochishda tanlanadi. Qiyin botlar eslab qoladi va mafiyada kelishib harakat qiladi.

Halol

Bot boshqalarning rolini bilmaydi va botlar o'zaro ma'lumot almashmaydi. Faqat o'z tekshiruvi va ochiq ovozlarni eslaydi.

Har birining xarakteri

Chatda yozadi, ovozli xonada yozib olingan ovoz bilan gapiradi. Ohangi rolga emas, xarakterga bog'liq.

Mashq o'yini

Birinchi o'yinni botlar bilan darhol boshlang. Botli o'yinda XP yarmi beriladi, vazifalar to'liq hisoblanadi.
Rivojlanish

Har o'yin - XP, har 5 daraja - sovg'a

100 daraja, kunlik va haftalik vazifalar, 7 kunlik mukofot va uchta reyting.

Bir o'yin uchun XP

O'yinda qatnashish
+20 XP
G'alaba
+15 XP
Eng yaxshi o'yinchi (MVP)
+15 XP
Kunning birinchi g'alabasi
+50 XP

Botli o'yinda o'yin XP'si yarmi beriladi.

100 daraja

Har 5 darajada avtomatik ravishda tekin kuchaytirgich beriladi - jami 20 ta.

Vazifalar

Har kuni 5 ta vazifa (o'ynash, yutish, to'g'ri ovoz, MVP) va haftalik katta vazifa - qo'shimcha XP.

7 kunlik mukofot

Har kuni kiring - 7-kuni tekin Himoya kuchaytirgichi olasiz. Bir kun qoldirsangiz, hisob boshidan boshlanadi.

Reyting

Haftalik, do'stlar va umumiy reyting. Haftalik reyting har dushanba yangilanadi.
Kuchaytirgichlar

7 ta kuchaytirgich - bir o'yinda bittasi

O'yinda pullik yagona narsa - ixtiyoriy kuchaytirgichlar. Ular rollar tarkibini o'zgartirmaydi va bir o'yinda faqat bittasini ishlatish mumkin.

  • Himoya (1 tun)

    Bir tun har qanday tungi hujumdan saqlaydi.

  • Tomon tanlash

    Shahar yoki mafiya tomonini tanlaysiz (aniq rolni emas).

  • Ovozdan qutulish

    Nomzod bo'lsangiz - qatl bekor qilinadi, rolingiz ochilmaydi.

  • Rol tanlash

    Aniq rolni tanlaysiz - agar u shu o'yin tarkibida bo'lsa.

  • Tirilish (tungi o'limdan)

    Tunda o'ldirilsangiz - tirilasiz, rolingiz sir qoladi.

  • Tirilish + himoya

    Tirilish va keyingi tun himoya.

  • Tirilish (har qanday o'limdan)

    Tungi o'lim ham, kunduzgi qatl ham bekor bo'ladi.

  • Tekin olish ham mumkin: har 5 darajada, 7 kunlik mukofotda va do'st taklif qilganda.

    To'lov Click orqali, narxlar 2 000 so'mdan.

Kosmetika

Barcha kosmetika - tekin

209 ta buyum va 12 ta ovozli emote - hech narsa sotilmaydi. Istaganingizni tanlab, o'zingizni uslub bilan ko'rsating.

  • 61 unvon
  • 56 ramka
  • 36 o'lim animatsiyasi
  • 36 chat effekti
  • 20 avatar

5 uslub: Noir, Neon, Art Deco, Komiks va 3D

12 ta ovozli emote

Muhokamada bir bosishda ovoz chiqaring - 5 tagacha tugma tanlaysiz.

Jimjitlik · Fosh bo'ldi! · Baraban · Hukm · Revolver · Omadsizlik · Sekin qarsak · Shubhali · Assalomu alaykum · Yo'qol! · Qotib kulish · Oh no oh no

Birga o'ynash

Do'stlar, tomosha va qayta o'yin

Do'stlar

200 tagacha do'st. Kim onlayn va kim o'ynayotganini ko'rasiz, xonangizga chaqirasiz.

Do'st taklif qiling

Taklif qilgan do'stingiz 3 xil kunda 3 ta o'yin o'ynasa - sizga Himoya va 100 XP, unga Himoya va 50 XP.

Natijani ulashing

O'yin natijasi kartasini bir bosishda Telegram chatga yuborasiz.

Tomosha qilish

Ketayotgan o'yinni tomoshabin sifatida kuzating - bir o'yinga 50 tagacha tomoshabin.

Qayta o'yin

O'yin tugagach ovoz bilan shu tarkibda yana boshlaysiz, bo'sh joylarga botlar qo'shiladi.

Xonani tartibda saqlash

O'yin ichida chiqarib yuborish ovozi, shikoyat va moderatorlar tomonidan ban.
Halol o'yin

Asosiy qurol - odamni o'qiy bilish

Hammasi serverda

Rollar, harakatlar va ovozlar serverda hisoblanadi - ilova faqat ko'rsatadi.

Bir o'yinda bitta kuchaytirgich

Rollar tarkibi o'zgarmaydi, kuchaytirgichni esa tekin ham olish mumkin.

Faollik talab qilinadi

Ketma-ket ikki majburiy harakatni o'tkazib yuborgan o'yinchi o'yindan chiqadi. O'yinni tashlab ketgan mukofot olmaydi.

Kosmetika hammaga tekin

Hech kim chiroyli ramka yoki unvonni pulga sotib olmaydi - hamma uchun ochiq.
Farqi

Odatiy Telegram mafiya botlaridan farqi

Odatiy matnli mafiya botlari

  • Guruh chatida uzun matnli buyruqlar
  • Faqat matn
  • Odam yig'ilishini uzoq kutish
  • Faqat Telegram ichida

Mafia Town

  • Vizual Mini App - tugma va kartalar
  • Ovozli xonalar, ovozli xabar va emote'lar
  • Odam yetmasa - botlar bilan darhol
  • Telegram, mobil brauzer va kompyuter
Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Mafia Town bepulmi?

Ha. O'ynash, barcha rollar, xonalar, ovozli o'yin, kosmetika va ovozli emote'lar tekin. Pullik faqat ixtiyoriy kuchaytirgichlar - ularsiz ham to'liq o'ynaysiz.

Yuklab olish yoki ro'yxatdan o'tish kerakmi?

Yo'q. O'yin Telegram ichida Mini App bo'lib ochiladi - @MafiaTownGameBot. Brauzerda play.mafia-town.idroktech.uz orqali Telegram akkaunt bilan kirasiz.

Qaysi tillarda?

O'yin o'zbek va rus tillarida. Tilni sozlamalarda istalgan payt almashtirasiz.

O'ynash uchun necha kishi kerak?

Bir o'yinda 6 dan 30 gacha o'yinchi. Odam yetmasa, xona egasi bo'sh joylarni botlar bilan to'ldiradi - yolg'iz o'zingiz ham botlar bilan o'ynashingiz mumkin.

Do'stlarim bilan qanday o'ynayman?

Yopiq xona oching va 6 belgili kodni yoki xona havolasini do'stlaringizga yuboring. Ilovadagi do'stlaringizga bir bosishda taklif ham yuborasiz.

Bir o'yin qancha davom etadi?

Bitta raund taxminan 3,5 daqiqa, o'yin odatda 3-6 raundda tugaydi - taxminan 10-20 daqiqa. Hamma tez harakat qilsa, tun erta tugaydi.

Yangi ish ochildi

Bugun kechasi kim yo'qoladi?

Do'stlaringizni chaqiring va kim eng yaxshi yolg'onchi ekanini bilib oling.

Bepul. Yuklab olish va ro'yxatdan o'tish shart emas - Telegram akkauntingiz bilan kirasiz.